Jahon | 09:28 / 11.11.2019
6518
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Busher atom elektr stansiyasining yangi blokini qurishni boshladi

Foto: AP Photo/Mehr News Agency, Majid Asgaripour

Tehron 10 noyabrda Eron janubidagi Busher atom elektr stansiyasining ikkinchi energoblokini qurishni boshladi. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Salohiy ma'lum qildi.  

Eron bu obektni uranni boyitish uchun sabablardan biri deb hisoblaydi. Eron bilan yadro kelishuvida uranni boyitish darajasi cheklab qo‘yilgandi.
 
“Bu majburiyatlarga amal qilmaslikni biz boshlamadik”, deb aytgan Salohiy va yadro kelishuviga amal qilmaslik uchun javobgarlikni AQSh zimmasiga yuklagan. 
 
Yangi blokning quvvati 1000 MVtni tashkil qiladi va uning qurilishi 2025 yilda yakunlanishi kerak.
 
Busherdagi AES uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan uran qo‘llanadi. Ayni vaqtda bu jarayon Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik nazoratiga olingan. Biroq Eron uranni yadro kelishuvida belgilangan 3,67 foizdan ko‘proqqa, ya'ni 4,5 foizga boyitganini ta'kidlamoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid