Jahon | 17:25 / 11.11.2019
11337
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Yevropa va AQShga IShID jangarilarini deportatsiya qilishni boshladi

Foto: AFP

8 noyabr kuni Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiya 11 noyabrdan asirga olingan IShID jangarilarini o‘z yurtlariga chiqarib yuborishni boshlashi haqida ma'lum qilgandi.

Turkiya dushanba kuni xorijlik terrorchilarni o‘z yurtlariga deportatsiya qilishni boshladi.

Yuridik protseduralar yakunlanganidan so‘ng kelib chiqishi AQShdan bo‘lgan terrorchi Turkiyadan o‘z vataniga chiqarib yuborildi, deyiladi "Anadolu" agentligi xabarida.

Bundan tashqari, germaniyalik terrorchining deportatsiyasi bo‘yicha ham hujjat tayyorlanmoqda. Kun davomida yana bir terrorchi Daniyaga jo‘natiladi.

Shu tarzda sutka davomida Turkiyadan uch nafar terrorchi chiqarib yuboriladi. 14 noyabr kuni Germaniyaga yetti nafar terrorchi deportatsiya qilinadi.

8 noyabr kuni Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiya 11 noyabrdan asirga olingan IShID jangarilarini o‘z yurtlariga chiqarib yuborishni boshlashi haqida ma'lum qilgandi.

Soyluning ta'kidlashicha, Turkiyada 1200ga yaqin IShID jangarisi saqlanayotgan bo‘lib, Suriya shimolidagi operatsiya chog‘ida yana 287 jangari qo‘lga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid