Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida sobiq ittifoq pasporti bilan yurgan fuqaro aniqlandi
Farg‘ona viloyatida sobiq ittifoq pasporti bilan yurgan keksa yoshli fuqaro aniqlandi. 64 yoshli otaxon tez kunlarda O‘zbekiston pasportini oladi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligida ma'lum qilindi.
1955 yilda tug‘ilgan Mo‘minjon ota Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Ozod” MFYda istiqomat qiladi. U shu kunga qadar sobiq ittifoq pasportigagina ega bo‘lgan.

Otaning tan olishicha, u o‘z e'tiborsizligi tufayli biometrik pasport olmagan. Bu holat uning O‘zbekiston pasportini so‘rab adliya bo‘limi xodimlariga murojaat qilgan vaqtida aniqlandi.
Bo‘lim xodimlari otaga huquqiy maslahat berib, yangi pasportni qay tarzda qo‘lga kiritishi va bu uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida ma'lumot berganlar.
Tez kunlarda Mo‘minjon otaga yangi biometrik pasport berilishi va'da qilingan.
Mavzuga oid
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topildi
08:33 / 15.05.2026
Chegara hududida milliardlab so‘mlik noqonuniy dorilar topildi
08:28 / 15.05.2026