Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar amiri amirlik fuqarolarini yomg‘ir so‘rab duo qilishga chaqirdi - OAV
Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Taniy amirlikning barcha fuqarolarini 14 noyabr tong saharda yomg‘ir yog‘ishini so‘rab duo qilishga chaqirdi. Bu haqda QNA agentligi xabar bermoqda.
Oktyabrdan buyon ob-havo ma'lumotlarida yomg‘ir yog‘ishi aytilayotgan bo‘lsa-da, amirlikda apreldan beri to‘laqonli yomg‘ir yog‘gani yo‘q, faqat oxirgi haftada Qatarning ayrim hududlarida yomg‘ir tomchilab o‘tdi. Poytaxt Dohada yakshanba kuni atigi besh daqiqa yomg‘ir yog‘di.
Agentlikning xabariga ko‘ra, amir mamlakatning barcha qismlaridagilarni yomg‘ir yog‘ishini so‘rab duo qilishga chaqirgan. Uning o‘zi ham masjidlardan birida xalq bilan birga yomg‘ir yog‘ishini so‘raydi.
Yomg‘ir yog‘ishini so‘rab qilinadigan duo "istisqo" deb ataladi, arab hukmdorlari yarim yildan ortiq vaqt davomida yog‘ingarchilik bo‘lmaganida ushbu duoga murojaat qilishadi. Qatar yer yuzidagi yog‘ingarchilik eng kam bo‘ladigan joylardan biri hisoblanadi, bu yerda yiliga 80 millimetrga yaqin yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
09:30 / 15.05.2026