Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq O‘zbekistonning JSTga kirishi uchun mablag‘ ajratdi
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga qo‘shilishi uchun grant mablag‘lari ajratadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
2019 yilning 11 noyabr kuni Bryussel shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha bosh direktori Koen Doens «O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi» va «Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondiga Yevropa Ittifoqining taraqqiyot hissasi» texnik yordam loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risida bitimlarni imzoladilar.
Respublikaning JSTga qo‘shilishi uchun ajratiladigan grant mablag‘lari hajmi 5 million yevroni tashkil etadi. Loyiha ushbu tashkilotga a'zo bo‘lish jarayonida, shu jumladan zarur hujjatlarni tayyorlash, o‘zbekistonlik mutaxassislarning JST kelishuvlari va xalqaro savdo tizimiga oid bilimlarini oshirishda O‘zbekistonga ko‘maklashishni nazarda tutadi.
Ko‘p sheriklik trast fondi loyihasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar (5,2 million yevro) fondning Orol dengizi mintaqasidagi loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov O‘zbekiston JSTga kirish bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
11:41 / 19.09.2025