Özbekiston JSTga kiriş böyiça muzokaralar jarayonini iloji boriça tezroq yakunlaşni istaydi, ammo taşkilotga kirişning aniq sanasi ma'lum emas. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov «Özbekiston-Yevroittifoq» Hamkorlik kengaşining 15-yiğilişi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötdi, deb yozmoqda «Praym».
«Biz aniq muddatlarni belgilamayapmiz. Ammo, Yevropa ittifoqi bilan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolaş hamda JSTga kiriş böyiça muzokaralar jarayonini iloji boriça tezroq tugatiş istagi bor», - dedi u.
Şu bilan birga, vazir YeI bilan kelişuv böyiça gapirarkan, u kelgusi yilda ham imzolanişi mumkinligini istisno qilmadi.
2017 yil noyabr oyining oxirida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga taşrifi çoğida mamlakat JSTga kiriş böyiça işlarni qayta boşlaganini ma'lum qildi. 2019 yil iyul oyida Özbekiston tomoni taşkilotga kiriş töğrisidagi arizani körib çiqiş uçun taşqi savdo rejimi töğrisidagi yangilangan memorandumni JSTga taqdim etdi. Avvalroq, JST boş direktorining örinbosari Alan Vulf Özbekiston rasmiylarining uşbu taşkilotga kiriş böyiça muzokaralari ikki yil davom etişi mumkinligini aytgandi.
Bundan taşqari, oktabr oyida Özbekiston 2021 yil oxiriga qadar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo zonasi töğrisida şartnoma imzolaşni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.

















