Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbari Sooronbay Jeenbekovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.
Qirg‘iziston prezidentining mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi
14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi
14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident
08:25 / 12.07.2024