Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar Serbiya prezidenti hayotini saqlab qolishdi
Belgraddagi harbiy-tibbiyot akademiyasi shifokorlari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning hayotini saqlab qolishdi. Bu haqda Serbiya sog‘liqni saqlash vaziri Zlatibor Lonchar ma'lum qildi.
Vazirning ta'kidlashicha, Vuchichda yurak bilan bog‘liq kichik surunkali muammolar bo‘lgan, biroq 15 noyabrda uning ahvoli jiddiy yomonlashgan va u shifokorlarga murojaat qilgan.
Shifokorlar Vuchichni ko‘rikdan o‘tkazib, uning hayotini xavf ostida deb baholashgan.
Loncharning ta'kidlashicha, shifokorlar zudlik bilan tegishli choralar ko‘rishgan, prezident organizmi esa davolashga yaxshi javob qaytargan.
Shifokorlar Serbiya prezidentiga to‘liq tiklanib olish uchun yaqin orada kundalik yuklamani kamaytirishni buyurishgan.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026