Jahon | 23:23 / 23.11.2019
7007
1 daqiqa o‘qiladi

Durov Telegram ishidagi nosozliklar uchun uzr so‘radi

Telegram asoschisi Pavel Durov juma kuni messenjerda kuzatilgan muammolar uchun uzr so‘radi.

Pavel Durov

«Kecha Grinvich bo‘yicha 13:00dan 14:00gacha 15 foizga yaqin foydalanuvchi Telegram’ga ulanishda qiyinchilikka duch keldi. Bu asosan Germaniya, Iroq, O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belarusdagi foydalanuvchilar bilan sodir bo‘ldi. Biz bu bir soat davomida yetkazilmagan har bir xabar uchun uzr so‘raymiz», - deb yozdi Durov o‘zining telegram-kanalida.

Uning qayd etishicha, Telegram foydalanuvchilari soni yiliga 50 foizga o‘smoqda.

Telegram so‘nggi bor 2019 yil iyunda muammoga duch kelgandi. O‘shanda messenjer kuchli DDoS-hujumga uchragandi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar Xitoyda ro‘yxatga olingan IP-manzillardan amalga oshirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid