Erdo‘g‘an Turkiyaning Qatardagi harbiy bazasiga keldi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qatarga tashrifi davomida ushbu davlatdagi Turkiya harbiy bazasiga keldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqara uchun Qatarning xavfsizligi Turkiyaning xavfsizligi kabi muhim.
Erdo‘g‘an Turkiyaning Qatardagi harbiy bazasi uning mudofaa salohiyatini kuchaytirish va hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tashkil etilganligini qayd etdi.
"2017 yildan, Doha va qator arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda inqiroz boshlanganidan buyon turk harbiylari Qatar xavfsizligining kafolati bo‘lib qolmoqda. Biz 2,5 yildan beri davom etayotgan inqirozning tezroq tugashi tarafdorimiz", - dedi Turkiya prezidenti.
2017 yil iyunda Qatar bilan umumiy quruqlik va dengiz chegarasiga ega bo‘lgan BAA, Saudiya Arabistoni va Bahrayn Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, bu mamlakat samolyotlari, kema va avtomobillari uchun o‘z dengiz, havo va quruqlik sarhadlarini yopib qo‘ydi. Quvayt amiri va AQSh ularni yarashtirishga urindi, ammo bundan hech qanday naf chiqmadi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
00:06 / 12.09.2024
Erdo‘g‘an: Turkiya hech qachon Qrim anneksiyasini tan olmaydi
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
09:05 / 03.08.2024