Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahzoda Endryu mojaro sababli yuzlab xayriya tashkilotlari bilan aloqasini uzdi
Britaniya shahzodasi Endryu 230dan ortiq xayriya tashkilotlariga vasiylik qilishdan voz kechadi. Bu haqda Bukinghem saroyi bayonotiga asoslanib The Independent gazetasi xabar berdi.
Shahzoda "barcha tashkilotlarga vasiyligidan voz kechadi", deyiladi unda.
Avvalroq shahzoda Endryu barcha qirollik vakolatlaridan va ommaviy tadbirlarda qirollik oilasi nomidan chiqish majburiyatidan voz kechgandi. Uning onasi, qirolicha Yelizaveta II bunga ruxsat bergandi.
Shahzoda Endryu 2019 yil avgustda Manhettendagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan amerikalik moliyachi Jyeffri Epshteyn bilan bog‘liq do‘stligi borasidagi shov-shuvli xabarlardan so‘ng shu qarorga kelgandi. Eppshteyn voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy tusdagi jinoyatlarni sodir etishda ayblanib sud hukmini kutayotgandi.
Mavzuga oid
19:31
Buyuk Britaniya Rossiya «yashirin floti» tankerini qo‘lga oldi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026