Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI xakerlari IShIDning yetakchi axborot resursini ishdan chiqardi
Yevropol xakerlari Belgiya federal politsiyasi ekspertlari bilan hamkorlikda IShID terrorchilik tashkilotining Amaq axborot agentligi deb nomlanuvchi internet axborot resursiga muvaffaqiyatli kiberhujumni amalga oshirdi. Bu haqda RTBF telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bir yilga yaqin vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rilgan mazkur operatsiya 21-22 noyabrda amalga oshirilgan. Operatsiya natijasida ushbu resurs bilan bog‘liq bir necha ming qaydlarni bloklashga erishilgan.
Amaq faoliyati 2018 yilda to‘xtatilgan, ammo IShID bir necha oydan so‘ng ushbu resursni yana tiklashga erishgandi..
IShID bilan bog‘liq axborot saytlari YeI va AQShda bloklanishi shart bo‘lgan taqiqdagi resurslar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
08:49 / 21.05.2026