Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada nafaqa yoshidagi fuqaro ushlandi. U to‘pponcha sotmoqchi bo‘lgan
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi X.X. ismli nafaqa yoshidagi fuqaro o‘qotar qurol sotayotganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olindi.
Postda.uz’ning yozishicha, ashyoviy dalil tariqasida olingan o‘qotar qurol ballistik ekspertizadan o‘tkazilganida, u «Makarov» to‘pponchasi ekanligi va ishlatishga yaroqliligi, jangovar holatdaligi ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, sotilayotgan to‘pponchaning bir dona jangovar patroni ham mavjud bo‘lgan.
Mazkur voqeadan so‘ng otaxon yashayotgan xonadonda yana boshqa qurol saqlanayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib, uning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ko‘p miqdorda giyohvand moddalar borligi oydinlashdi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
14:40 / 08.08.2025