Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta miqdordagi giyohvandlik moddasini pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jizzax viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jizzax shahrida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda giyohfurushlik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Postda.uz xabar berdi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani Nurziyo ko‘chasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan O.B. va Namangan viloyatining Chust tumani Axcha qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan O‘.X. shaharning Qassoblik mahallasi hududida joylashgan «Bek» choyxonasida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ushbu fuqarolar bu yerda 4 kilogramm 650 gramm giyohvandlik moddasini pullayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
13:52 / 11.06.2026