Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» delegatsiyasi Eronga keldi
Foto: EPA/Vostock-photo
Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Tehronda "Tolibon" harakati delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Suhayl Shahin ma'lum qildi.
"Harakat rahbari o‘rinbosari va Qatardagi siyosiy ofis boshlig‘i mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiya Tehronda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazdi. tomonlar Afg‘onistondagi muammolarning tinch yo‘l bilan hal qilinishi va tinchlik jarayonini muhokama qildi", deb yozdi Shahin tvitterda.
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, ikki tomonlama munosabatlar va Erondagi afg‘on qochoqlari muammosi ham muhokama mavzusi bo‘lgan.
"Eronning yuqori martabali amaldorlari afg‘on xalqi bilan yaqin aloqalarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi va afg‘on qochoqlari masalasini hal qilishga va'da berdi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:55
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida keskinlik: Eron katerlari AQSh tankeriga yaqinlashdi
10:49
Eronda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
16:27 / 02.02.2026
Eronda «Oskar»ga nomzod bo‘lgan film ijodkorlaridan biri hibsga olindi
14:58 / 02.02.2026