Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda neft zavodidagi portlash sababli 60 ming kishi evakuatsiya qilinadi
AQShning Texas shtatidagi TPC Group neft-kimyo zavodida 28 noyabrga o‘tar kechasi ikkita portlash yuz berdi. Ikkinchi kuchli portlashdan keyin atrofdagi aholi punktlarining majburiy evakuatsiyasi e'lon qilindi. Bu haqda 12 News telekanali xabar berdi.
Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining tvitterdagi sahifasida Jyefferson okrugida joylashgan zavoddagi ikkinchi portlash suratlari va videosi joylashtirilgan.
Birinchi portlashdan keyin zavoddan bir necha kilometr uzoqlikdagi ba'zi uylarning oynasi singan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, portlashlar neft-kimyo qurilmasi ishi bilan bog‘langan.
Birinchi portlashdan keyinoq voqea joyidan bir kilometr radiusdagi odamlar imkoni boricha evakuatsiya qilinishga chaqirilgan. Biroq ikkinchi portlashdan keyin gap 6 kmlik radiusdagi aholining majburiy evakuatsiyasi haqida borgan. Ta'kidlanishicha, evakuatsiya umumiy aholisi 60 ming kishigacha yetuvchi 5 ta shaharni qamrab oladi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026