Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Kuvayt fondi o‘rtasida yana bir qarz kelishuvi imzolandi
Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
Joriy yilning 27 noyabr kuni Kuvayt Arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi (Kuvayt fondi) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida qishloq hududlarida qurilayotgan namunaviy uy-joy massivlarini muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish ikkinchi transh bo‘yicha Memorandum imzolandi.
Tadbirda moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov, Kuvayt Arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi bosh direktorining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ganem Al Henayman va Moliya vazirligi xodimlari ishtirok etishdi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2018 yilning 30 yanvarida imzolangan 983-sonli Qarz kelishuviga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi va Kuvayt Arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida 2020-2021 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari qishloq hududlarida qurilgan namunaviy uy-joylarni ichimlik suvi, oqava suvi (kanalizatsiya) bilan ta'minlash hamda massivlarga kirish va ichki yo‘llar qurilishini moliyalashtirish uchun ikkinchi transh bo‘yicha Qarz kelishuviga erishilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 25.11.2025
Avstriya biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
09:00 / 17.11.2025
O‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari Kuvayt supermarketlariga chiqmoqda
23:54 / 09.10.2025
Kannavaro tabassumi, Eldor va Hojimat gollari, Abbosning jarohati - Kuvayt bilan o‘yindan fotoreportaj
19:59 / 09.10.2025