Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vaziri Andijonda aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 3 dekabr kuni chekka qishloq va ovullardagi mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida Andijon va Farg‘ona viloyatlarida sayyor qabul o‘tkazib, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida viloyatda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlarining tergov faoliyati, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalari, jazoni ijro etish tizimiga oid muammolar, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlarining kundalik xizmat faoliyati hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish bilan bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Mas'ul xodimlar tomonidan bir qator fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Ichki ishlar vaziri tomonidan 38 nafar fuqaro qabul qilinib, qo‘shimcha vaqt talab etilgani bois 26ta murojaatni o‘rganib chiqish bo‘yicha aniq muddat va mas'ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. 12 nafar fuqaroning ariza-shikoyatlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan shu yerning o‘zida ijobiy qaror qabul qilindi.
Tashrif davomida Asaka tumanining «Yuqori bo‘z» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Navbahor, Tinchlik, Oqbosh, Yoshlik ko‘chalarida yashovchi bir guruh fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi.

Mazkur hududdagi ko‘chalarga tosh-shag‘al yotqizildi, ehtiyojmand oilalarga ko‘mir tarqatildi, moddiy yordam tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Mavzuga oid
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026