Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning yordamchisi Donbass devor bilan to‘silishi mumkinligini aytdi
Ukraina prezidenti yordamchisi Andrey Yermak Kiyev «normand to‘rtligi» (Ukraina, Rossiya, Fransiya, Germaniya) davlatlari yetakchilari sammitida Donbass masalasi bo‘yicha oldinlash bo‘lmasa, «B» rejani tayyorlab qo‘yganini ma'lum qildi. Bunday holatda, rejaga ko‘ra, Donbass atrofida uni izolyatsiya qilish uchun devor quriladi.
Avvalroq Yermak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyda 9 dekabrda Parijda o‘tadigan sammitda oldinlash bo‘lmasa, «B» reja borligini aytgan.
«Prezident Parijga aniq pozitsiya bilan jo‘namoqda. Ukraina diplomatik yo‘l bilan urushni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatish uchun barcha ishni qiladi. Biroq bizda “B” reja bor», deb aytgan Yermak.
Uning ta'kidlashicha, Kiyev ixtilofni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga, «Minsk kelishuvlarini bajarishga» tayyorlikni ko‘rmasa, unda «Donbass atrofida devor qurib, yashashda davom etaveradi».
Mavzuga oid
18:44
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026