Jahon | 21:55 / 11.12.2019
6090
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Makronning hibsdagi fransuzlarni ozod qilish to‘g‘risidagi talabini rad etdi

Abbos Musaviy

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abbos Musaviy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Eronda qo‘lga olingan fransuzlarni ozod qilish to‘g‘risidagi talabini rad etdi.

Bir kun avval Makron Eronda qo‘lga olingan fransuz tadqiqotchilarini zudlik bilan ozod etishni talab qilgandi.

"Fransuzlar Eron suveren davlat ekanligini, na bizning hukumat, na sud hokimiyati o‘zgalarning hattoki tavsiyasini ham qabul qilmasligini unutmasligi lozim. Bizning ichki ishlarimizga aralashish ham nomaqbul hisoblanadi", - deb yozdi Musaviy Twitter sahifasida.

Sciences Po siyosiy tadqiqotlar institutining ikki xodimi - fransuz Rolan Marshal hamda Fransiya va Eron fuqaroligiga ega Fariba Odilxoh Eron hukumati tomonidan milliy xavfsizlikka qarshi fitna tuzishda ayblanib qo‘lga olingandi.

Odilxoh iyulda qo‘lga olingan, Marshalning qo‘lga olingani haqida esa oktyabrda ma'lum bo‘lgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid