Sport | 20:33 / 11.12.2019
4342
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Jahon kubogini muvaffaqiyatli boshladi

Ayni kunlarda Xitoyning Tyanszin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning birinchi kungi bahslari O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar uchun omadli yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ayollar o‘rtasida -55 kg vaznda Muattar Nabiyeva va erkaklar o‘rtasida -89 kg vaznda Sarvarbek Zafarjonovlar musobaqada 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Daslab, Muattar Nabiyeva dast ko‘tarishda 88 kg, siltab ko‘tarishda 111 kg va ikki kurash yakuni bo‘yicha esa 199 kilogramm bilan har bir yo‘nalishda uchinchi natijani qayd etgan. Shuningdek, yana bir atlet Nigora Abdullayeva 5-o‘rin bilan kifoyalangan.

Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi.

Ayollar, -55 kg

1. Vansion Jang (Xitoy) – 212 kg (96 kg + 116 kg)

2. Tsiyun Liao (Xitoy) – 210 kg (95 kg + 115 kg)

3. Muattar Nabiyeva (O‘zbekiston) – 199 kg (88 kg + 111 kg) …

5. Nigora Abdullayeva (O‘zbekiston) – 169 kg (77 kg + 92 kg)

Sarvarbek Zafarjonov dast ko‘tarishda 156 kg, siltab ko‘tarishda 190 kg, ikki kurash bo‘yicha esa 346 kilogramm natija qayd etgan. Bu og‘irliklar unga dast ko‘tarishda kumush, siltab ko‘tarish va umumiy hisobda esa bronza medallarini taqdim qilgan.

Erkaklar, -89 kg:

1. Dongju Yu (Janubiy Koreya) – 365 kg (160 kg + 205 kg)

2. Toshiki Yamamoto (Yaponiya) – 350 kg (155 kg + 195 kg)

3. Sarvarbek Zafarjonov (O‘zbekiston) – 346 kg (156 kg + 190 kg)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid