Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: 2020 yilda onkogematologiya sohasiga 8 barobar ko‘proq mablag‘ ajratiladi
Bugun, 13 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Kasalliklarni tashxislash va davolashda zamonaviy hamda innovatsion usullarni qo‘llash» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev onkologik va gematologik kasalliklar bo‘yicha kelgusi yilda dori-darmon uchun ajratilgan mablag‘ miqdori oshirilishi haqida ma'lumot berdi.
«Onkologiya, gematologiya va onokogematologiya juda og‘riqli mavzu. Hozirgi kunga qadar dori darmon bilan ta'minlash 25 foiz atrofida bo‘lgan va bu juda kam.
Shu bois bu sohalarga qaratilgan maxsus qaror tayyorlanyapti. Unga ko‘ra, shu paytgacha ajratilgan 14 mlrd so‘m o‘rniga maxsus jamg‘arma tuzilib, 100 mlrd so‘mgacha ajratish, ya'ni pul miqdorini 8 baravar oshirish rejalashtirilgan. Bu rejalarimiz amalga oshsa, dorilar ta'minoti 85 foizgacha yetadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
07:53 / 19.11.2022
Onkogematologik kasalliklarni davolash tizimi takomillashtiriladi
13:00 / 03.07.2021
SES boshlig‘i vaksinalar necha dollardan sotib olinganini ma'lum qildi
21:00 / 03.05.2021
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari vaksina qabul qildi
08:22 / 20.04.2021