Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Vashingtonga hindular qatliomini tan olish bilan tahdid qildi
Foto: AP Photo/Burhan Ozbilici
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya parlamenti AQSh senati tomonidan Usmon imperiyasida 1915 yilda armanlarning yo‘q qilinishining qatliom deb tan olinishiga javoban Amerikani mustamlakalashtirishda hindular qatliomi haqidagi rezolyutsiyani qabul qilishi mumkinligini aytdi.
AQSh kongressi senati 12 dekabrda armanlar qatliomini tan olish va yodda tutish zarurligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Turkiya bu hujjatni qoralagan.
“Biz 1915 yildagi voqealar haqidagi milliondan ko‘proq hujjatni ochdik. Keling, o‘rganing. Biz qo‘limizdagi hujjatlar haqida gapirmoqdamiz. Biz ham parlamentimizning shunday qarorlari bilan sizga qarshi chiqishimiz lozim. Buni qilamiz ham. Amerika haqida gapirganda, hindular haqida og‘iz ochmaslik mumkinmi? Bu AQSh uchun sharmandali sahifadir”, deb aytgan Erdo‘g‘an A Haber telekanali efirida.
XIX asr oxiri- XX asr boshida Usmon imperiyasida armanlar ta'qib qilinib, quvg‘in qilingan. Armaniston jahon hamjamiyati tomonidan armanlar qatliomi tan olinishini talab qilib keladi. Turkiya bu ayblovni rad etib, 1915 yildagi fojialar qurbonlari armanlar bilan bir qatorda turklar ham bo‘lganini ta'kidlab keladi. Qatliomning xalqaro tan olinishi Turkiya va Armaniston o‘rtasidagi murakkab munosabatlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:11 / 22.02.2026
Eron AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi reja tayyorlamoqda
11:22 / 22.02.2026
Zelenskiy: AQSh va Rossiya urushni to‘xtatish uchun bir xil talab qo‘ymoqda
20:59 / 21.02.2026