O‘zbekiston | 11:02 / 17.12.2019
14653
2 daqiqa o‘qiladi

Otabek Nazirov: «Odamlarda aksiyalarga ishonch yo‘q»

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«Kelajak avlodlar manfaati uchun barqaror rivojlanish: iqtisodiy ustuvorliklar» mavzusidagi tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, davlat korxonalari samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rahbari Otabek Nazirovning aytishicha, kapital bozorida yechim topilishi zarur bo‘lgan muammolar yetarlicha.

«Kapital bozorida muammolar juda ko‘p, ularga yechim topish kerak. Odamlarda aksiyalarga ishonch yo‘q, bu bor narsa. Bundan oldin ushbu holat bo‘yicha ham qator vaziyatlar kuzatilgan. 

Shuningdek, bizda ushbu soha bo‘yicha murakkab normativ-huquqiy baza mavjud, uni qayta ko‘rib chiqish lozim. Hozirgi kunda aynan kapital bozorini tartibga soluvchi 100dan ortiq hujjat bor. Ular bo‘yicha ham ishlarni kuchaytirish kerak. Bizda o‘z bozorimiz uchun jozibador bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil etilishi lozim», - deydi Otabek Nazirov. 

Mavzuga oid