Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi YTH oqibatida halok bo‘ldi
O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 15 dekabr kuni Atirau-Astraxan avtomobil trassasida Atirau viloyati hududida O‘zbekiston fuqarosi B.Sh. boshqaruvidagi avtomobil halokatga uchradi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida vafot etdi.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning yaqinlari va oila a'zolariga ta'ziya izhor etgan hamda Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Aqtau shahridagi bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026