Kecha va bugun – parlamentlar haqida ba'zi haqiqatlar
Germaniyada – Bundestag, Shvetsiyada – Riksdag, Polshada – Seym, O‘zbekistonda – Oliy Majlis.
So‘z – parlamentlar haqida.
Xalq vakilligiga asoslangan idoralar qadimda ham bo‘lgan. Bular – xalq yig‘inlari, oqsoqollar majlisi, qurultoylar. Qadimgi Rimda, masalan – Senat.
Zamonaviy parlamentarizmning vatani deb Angliyani aytishadi – XIII asrda qirol Ioann «Erklarning buyuk xartiyasi»ni imzolashga majbur bo‘ldi. Bu hujjat qirolga yangi soliqlarni qirollik kengashi ruxsatisiz joriy qilishni ma'n qildi.
Biroq bundan ancha avval – VII asrda muqaddas kitob Qur'oni karim oyatlarida Alloh taolo «ishlarni sho‘ro – maslahat bilan yuritish» tamoyilini tushirib, jamiyat ishlarini yuritishda ko‘pchilikning ishtiroki zarurligini bildirgan edi. Bir necha asr davomida musulmon davlatlarda demokratik imperativlar hukm surdi va keyinchalik bu Yevropa tamadduniga o‘z ta'sirini o‘tkazdi.
Hozirda deyarli barcha rivojlanayotgan davlatlarda parlamentlar ishlab turibdi. Shu bilan birga, bu parlamentlar davlat hokimiyatining mustaqil bir tarmog‘i bo‘lib, unga boshqa biron tarmoqning ta'sir o‘tkazishiga davlatchilik poydevoriga tahdid qiluvchi havf sifatida qaraladi. Parlamentning mustaqilligi – ustuvor qadriyatlardan biri bu davlatlarda. Zero aynan shu omil hokimiyat alohida guruh yoki shaxslarning qo‘liga o‘tib ketishidan saqlaydi.
Parlamentning asosiy vazifasi – qonunlar ustida ishlash. Bu uchun parlament a'zolari – deputatlar o‘rtasida muhokamalar o‘tkaziladi.
Asosiy tushunchalar:
Qonun – jamiyat hayotini tartiblovchi qoidalar.
Deputat – vakillik organi uchun xalq tomonidan saylangan shaxs.
Hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi – bir-biridan mustaqil faoliyat yurituvchi va bir-birini nazorat qiluvchi uch tarmoq: qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatlaridan iborat davlat hokimiyati.
Hozirda dunyoning ko‘plab davlatlarida aynan hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi amal qiladi. O‘zbekistonda ham hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratilishi asos qilib olingan.
«O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi». O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 11-modda.
Parlament – davlatning qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. Bizda u Oliy Majlis deb ataladi. Bizda parlament ikki palata – Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat.
Quyi palata – qonun ishlab chiqadi, Senat qonunlarni ma'qullaydi va prezidentga imzolash uchun yuboradi.
Qonunchilik palatasi saylovchilar tomonidan saylanadigan 150 nafar deputatdan iborat.
Muhammad Shakur tayyorladi.
Mavzuga oid
11:58 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabat qarama-qarshilikka emas, konstruktiv muloqotga asoslanishi zarur
14:26 / 16.11.2024
Yangi Zelandiyada maori deputatlari bahsli qonun loyihasiga norozilik bildirib, majlisda raqsga tushdi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
23:25 / 04.11.2024