Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M jangovar vertolyotlarini yetkazishni boshladi - OAV
Rossiya O‘zbekiston mudofaa vazirligiga Mi-35M jangovar-transport vertolyotlarini yetkazishni boshladi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga asoslanib “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Rossiya ikki yil davomida O‘zbekistonga 12 ta Mi-35M yetkazib berishi ma'lum qilingan. Ilk 4 ta vertolyotni 2019 yil 4-choragida yetkazib berish rejalashtirilgandi.
Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotlar va ularga taalluqli mulk O‘zbekistonga 2017 yilda berilgan davlat eksport krediti doirasida amalga oshirilmoqda.
Mi-35M vertolyoti zirhli-tank texnikasini yo‘q qilish va quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. U yuqori aniqlikdagi zamonaviy qurol bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitlarida kecha-kunduz jangovar vazifalarni bajara oladi. Vertolyotning muhim jihatlaridan biri uning yuk kabinasida odamlar va harbiy aslahalarni tashiy olishi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026