Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzin ishlab chiqarish kamaydi
Foto: Maksim Troitskiy
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi.
Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 1 053,0 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 926,2 ming tonna.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 985,7 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 930,8 ming tonna.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-noyabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (684,4 ming tonna) qisqartirdi - 640,1 ming tonnagacha.
2019 yil yanvar-noyabr oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 54,3 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (54,9 milliard kub metr).
2019 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 1,91 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (1,95 million tonna).
Mavzuga oid
17:14 / 21.02.2026
Kartadan pul o‘tkazmalarining 46 foizi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan tranzaksiyalar – Markaziy bank
11:55 / 21.02.2026
Baliq ovlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Xorazmda qayd etildi
11:55 / 20.02.2026
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
10:39 / 20.02.2026