Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylov tugagach ovozlar qanday hisoblanadi? - Bir saylov uchastkasidan videoreportaj
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga ovoz berish jarayoni yakunlangach, Samarqand shahridagi №123-saylov uchastkasidagi sanoq jarayoni bilan tanishdik.
Ovozlarni sanash jarayoni boshlangach, dastlab, saylov qutisi ochilib, saylov byulletenlari nomzodlarga berilgan ovozlarga qarab saralab chiqildi.
So‘ngra ularning orasidan noto‘g‘ri ovoz berish natijasida buzilgan va ovoz berilmagan byulletenlar ham saralab olindi.
Eng avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, so‘ngra viloyat kengashi, eng oxirida Samarqand shahar kengashi byulletenlari shu tarzda saralandi.
Ovozlar sanab bo‘lingach, saylovda qatnashgan saylovchilarning soni jadval bo‘yicha yana bir bor sanab, tekshirildi. So‘ngra saylovda ishtirok etmagan byulletenlar sanaldi. Bunday byulletenlarning cheti qaychi bilan qirqilib, yaroqsiz holatga keltirildi.
Eng oxirida qayd etilgan natijalar bayonnomaga tushirildi. Bayonnoma uch nusxada tuzildi hamda uchastka saylov komissiyasi raisi hamda a'zolari tomonidan imzolandi.
Samarqand shahridagi 123-saylov uchastkasida saylov davomati kutilganidan past bo‘ldi.
Oliy Majlis uchun o‘tkazilgan saylovda qatnashish uchun 2601 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan, 3000ta saylov byulleteni tayyorlangan edi. 22 dekabr kuni esa saylovga 953 kishi keldi va davomat 36,6 foizni tashkil etdi. 2047 dona byulleten foydalanilmagani yoki buzib qo‘yilgani uchun bekor qilindi.
Davomat pastligini uchastka saylov komissiyasi raisi Obid Ro‘ziqulov saylov qonunchiligi talablariga qat'iy rioya qilingani, bir kishiga bitta byulleten berilgani bilan izohladi.
Chindan ham ushbu saylov uchastkasida barchasi halol o‘tdi, deyish mumkin.
Chunki viloyat va shahar kengashiga qo‘yilgan 4 nafar nomzodga berilgan byulletendagi ovozlar soni deyarli teng chiqqan.
Shuhrat ShOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026