O‘zbekiston | 13:48 / 24.12.2019
36946
2 daqiqa o‘qiladi

Mehnat muhojirlari Rossiyadan O‘zbekistonga o‘rtacha qancha pul yuborishi hisoblandi

Foto: RIA Novosti

Mutaxassislar mehnat muhojirlari Rossiyadan o‘z vatanlariga o‘rtacha qancha pul yuborishini hisoblab chiqdilar. Bu borada tegishli tadqiqot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda «Lenta».

Ta'kidlanishicha, so‘nggi uch yil ichida o‘rtacha pul o‘tkazmalari miqdori barqaror bo‘lib qoldi. Ammo Rossiyadan uzoq xorij mamlakatlariga jo‘natiladigan o‘rtacha pul miqdori 20 foizga kamaydi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, o‘rtacha hisobda mehnat muhojirlari Rossiyadan O‘zbekistonga 418 dollar, Tojikistonga 195 dollar, Ukrainaga 182 dollar, Xitoyga 1920 dollar va Qirg‘izistonga 536 dollar yuboradi.

Shuningdek, FinExpertiza kompaniyasi xodimlari to‘lov tizimlari ma'lumotlarini tahlil qilib, rossiyalik mehnat muhojirlari o‘z vatanlariga yuborgan o‘rtacha pul miqdorini aniqlashdi. Joriy yilning uch choragi yakunlariga ko‘ra, bu 422 dollarni tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid