O‘zbekiston | 11:20 / 24.12.2019
6857
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva - Andijon - Moskva yo‘nalishida aviaqatnovlar amalga oshirila boshlandi

Foto: Flickr

“Andijon” xalqaro aeroporti davomli tanaffusdan so‘ng, Uzbekistan Airports AJ sa’y-harakatlari bilan o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi aviatsion hukumati tomonidan olingan ruxsatga muvofiq, joriy yilning 22 dekabridan Rossiyaning “IrAero” aviakompaniyasi “Superjyet-100” samolyotida Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishidagi reyslarni amalga oshira boshladi.  

“IrAero” – Rossiya Federatsiyasining 1999 yilda asos solingan aviakompaniyasi. Aviakompaniya muntazam ravishda butun Rossiya hamda yaqin xorijiy mamlakatlar hududlari bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadi. 

Farg‘ona vodiysining transport tarmoqlaridan biri hisoblangan Andijon aerodromi 1954 yilda qurilgan. Oxirgi muntazam reys – Andijon-Toshkent yo‘nalishida o‘tgan yilning oktabr oyida VS Boeing-757 havo kemasida amalga oshirilgan.

Uzbekistan Airports AJ Transport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy sayyohlarni respublikaga jalb qilishga doir qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston aeroportlariga aviareyslar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha faol ishlashda davom etadi, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid