Pokiston armiyasi Kashmir masalasida murosa qilinmasligini ma'lum qildi
Pokiston quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Qamar Javod Bajva Pokiston Kashmir masalasi bo‘yicha murosaga tayyor emasligini ma'lum qildi.
"Bizning tinchlikka intilishimiz ojizlik sifatida qabul qilinmasligi kerak. Biz to‘liq tayyorgarlik ko‘rganmiz va har qanday tajovuzni qaytarish qo‘limizdan keladi hamda mamlakatimizni himoya qilishga tayyormiz. Nima bo‘lmasin, Kashmir bo‘yicha murosaga kelinmaydi", dedi u Kashmirdagi nazorat chizig‘ini ko‘zdan kechirish chog‘ida.
Quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Kashmir shtatining Pokiston nazorati ostidagi qismi hind qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilganidan uch kun o‘tib nazorat chizig‘iga tashrif buyurdi. O‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangandi.
Kashmir hududi 1947 yildan, Britaniya Hindistoni mustaqillikka erishganidan so‘ng diniy belgisi bo‘yicha ikkita davlatlga bo‘linganidan buyon Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi bahs mavzusi bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda hududda davlat chegarasi yo‘q: uning hududini nazorat chizig‘i ikkiga ajratib turadi.
Mavzuga oid
22:19 / 24.09.2024
AQSh Hindistonga qariyb 300 ta tarixiy buyumlarini qaytaradi
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024