Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi.
Muhokama uchun e'lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari 29-bandidagi “Ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar “Ruhiy holati buzilgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
30-banddagi “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga” degan so‘zlar “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Quyidagi mazmundagi 168-1-band bilan to‘ldiriladi:
“168-1. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining ma'muriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida jazoni o‘tash uchun jo‘natiladi.
Ushbu muddat davomida mahkum:
qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;
o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo‘natiladi.
Qisqa muddatli uchrashuv va telefon orqali so‘zlashuv tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib-qoidalarida belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.”.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026