Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq prezidenti iste'foga chiqdi
Foto: AP/Khalid Mohammed
Iroq prezidenti Barham Solih iste'foga chiqish to‘g‘risida parlamentga so‘rov jo‘natdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
U o‘z qarorini hozirgi siyosiy vaziyatda o‘z majburiyatlarini bajara olmasligi bilan izohladi.
"Prezidentlik lavozimi xalq irodasiga javob berishi lozim. Hozirgi sharoitda milliy mas'uliyatim mening iste'foga chiqishim kerakligini ko‘zda tutadi. Sizlar ko‘rsatgan nomzodni qo‘llab-quvvatlamayman va iste'foga chiqishni ma'qul ko‘raman", - dedi u parlament spikeriga.
24 dekabr kuni uzoq munozaralardan keyin "Al-Bino" alyansi bosh vazirlik lavozimiga Basra viloyati gubernatori, 52 yoshli al-Idaniy nomzodini ilgari surgandi.
Bunga qadar mamlakatdagi namoyishchilar vazirlar mahkamasiga hech qaysi partiyaga mansub bo‘lmagan va 2003 yildan buyon hech qanday mas'ul lavozimda ish olib bormagan siyosatchi rahbar bo‘lishi kerakligini talab qilgandi.
Shu sababli Barham Solih amaldagi ta'lim vaziri Qusay as-Suhaylning bosh vazirlikka ko‘rsatilgan nomzodini rad etgandi.
Iroqdagi norozilik namoyishchilari al-Idaniyning nomzodiga keskin qarshi chiqishmoqda. Ular avvalroq as-Suhayl nomzodiga ham qarshi chiqishgandi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026