Jizzaxda katta miqdorda giyohvandlik vositasi topildi
O‘z hududida xizmat vazifasini bajarayotgan Jizzax viloyati IIB Paxtakor tumani IIB profilaktika inspektori, katta leytenant U.Yusupov hamda uning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi J.Rashidovning e'tiborini uylardan biridan taralayotgan shubhali hid tortdi.
Postda.uz’ning yozishicha, shu sabab ular xonadonni tekshirib ko‘rishga qaror qildilar. Natijada turarjoy hovlisidan tovada qovurilgan giyohvandlik vositasi topildi.
Shuningdek, uy egasi molxonasida maydalangan marixuana barglarini polietilen qopda saqlab kelayotgani aniqlandi. O‘tkazilgan ekspertiza qopdagi giyohvandlik vositasining og‘irligi 1 kilogramm 159 grammni, tovadagisi esa 307,2 grammni tashkil qilishini ko‘rsatdi.
Ayni vaqtda giyohvand moddalar ishqibozi bo‘lgan, Paxtakor tumanida yashovchi M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 24.09.2024
18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi
22:55 / 11.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
10:32 / 09.08.2024
DXX giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
19:04 / 01.08.2024