Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yangi chegara punkti ochiladi
Tojikiston tomonining iltimosiga ko‘ra rasmiy Toshkent O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida yana bir chegara punkti ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov «RIA Novosti»ga bergan intervyusida xabar qildi.
«O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida uch yil oldin hamma narsa yopiq edi. Kelishuv tufayli biz 16ta o‘tkazish punktini ochdik - ularning ikkita yoki uchtasi ilgari ham ishlagan, lekin transport vositalari va odamlarning o‘tishi nisbatan cheklangan bo‘lgan. Hozirda o‘n oltita punktning barchasi kecha-yu kunduz ishlayapti. O‘n yettinchisi yaqinda ochildi. Tojikiston tomonining iltimosiga ko‘ra hozir o‘n sakkizinchi chegara punktini ochish masalasi ustida ishlamoqdamiz», - dedi Ilhom Ne'matov.
Diplomatning aniqlik kiritishicha, yangi chegara o‘tish joyi Jizzax viloyatining Balandchaqir aholi punktida joylashadi.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026