Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrining ba'zi hududlarida ta'mirlash ishlari sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
2019 yil 27 dekabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, «Qo‘rg‘oncha» va «Oqsoy» ko‘chalaridan o‘tgan o‘rta bosimli quvurdan gaz sizib chiqish avariya holati aniqlanganligi va ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilishi sababli, «Tinchlik», «Yakubov», «Shomahmudov», «4-tor K.Sharq», «2-berk O.Sharafuddinov», «4-tor Ahil», «Sheroziy», «7-9-tor Qo‘rg‘oncha», «Oqsoy» (2 ta qo‘p qavatli, 40-maktab va fabrika yaqinidagi uylar) va «Uch quduq» ko‘chalaridagi jami 3800 ta aholi xonadonlari hamda «UDK», «Tinchlik» do‘koni, novvoyxonalar (10 ta), somsaxonalar (10 ta), 92 va 40-son maktablar, “Ko‘kcha” masjidi kabi ulgurji iste'molchilari soat 11:00 dan 15:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi.
Shuningdek, 2019 yil 28 dekabr kuni Uchtepa tumani, 23 Chilonzor dahasi «Xirmontepa» ko‘chasi markazidan o‘tgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, Chilonzor 21 va 22 dahalari, «Farhod», «Foziltepa» ko‘chalari va «Villa» dahasidagi aholi xonadonlari, Chilonzor 21 va 22 dahalaridagi xususiy korxonalar, 238-son maktab, basseyn qozonxonasi, Chilonzor 22 dahasidagi «Doka xleb», Chilonzor 21 dahasidagi tuman prokuraturasi, «Foziltepa» ko‘chasidagi YoXX va mazkur hududdagi 10 ta ulgurji iste'molchilari, «Katta Xirmontepa» va «Farhod» ko‘chalaridagi jami 17 ta ulgurji iste'molchilari, soat 11:00 dan 16:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
«Hududgazta'minot» AJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026