Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Do‘konga o‘g‘irlikka tushib, javobgarlikdan yashirinib yurgan shaxs ushlandi
Illyustrativ foto
2019 yil 1 dekabr kuni taxminan soat 02:00larda noma'lum shaxs Andijon shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs 27 yoshli D.A.ga tegishli umumiy bahosi 2.060 AQSh dollarlik turli xildagi parfyumeriya mahsulotlari hamda 17.000.000 so‘m miqdoridagi naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 1 dekabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi 20 yoshli B.M., sodir etganligi aniqlangan va undan parfyumeriya mahsulotlari, talon-taroj qilingan pullarning bir qismi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
2019 yil 9 dekabr kuni B.M.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilingan va “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
19:35 / 28.03.2026