Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaga sun'iy qor olib kelindi
Foto: Zaryade
Moskvadagi «Zaryade» bog‘i o‘z mehmonlari uchun sovg‘a tayyorladi – bu yerga sun'iy qor olib kelindi, deb xabar berdi bog‘ matbuot xizmati. Bog‘ ichiga kiraverishga sun'iy qordan tepaliklar hosil qilindi va archalar o‘rnatildi.
Xabar qilinishicha, bu yerda 12 yanvarga qadar «Snegosad» (Qorli bog‘) yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Tashrif buyuruvchilar bayram taomlaridan totib ko‘rishlari, suvenir va sovg‘alar sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
"Meteovesti"ning xabar qilishicha, 2019 yilning dekabri Moskva ob-havo tarixida eng iliq dekabr bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bu yil dekabrda havo harorati 2006 yildagi rekorddan o‘tdi va harorat +1,3 darajani tashkil etdi. Shuningdek, o‘rtacha yog‘ingarchilikning atigi yarmi qayd etildi.
Mavzuga oid
22:38 / 31.01.2026
Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi
20:55 / 29.01.2026
Moskvaning «Domodedovo» aeroporti auksionda «Sheremetevo» aeroportiga sotildi
11:35 / 29.01.2026
Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi
09:31 / 27.01.2026