Jahon | 22:00 / 30.12.2019
4645
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyadagi avtohalokat 27 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Twitter /fanatelevision

Efiopiyaning markaziy qismida ikkita avtobusning peshonama-peshona to‘qnashishi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Efiopiya axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi 29 dekabrda Sharqiy Sheva tumanida yuz bergan. Barcha halok bo‘lganlar 14 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bir mikroavtobusda ketayotgan bo‘lganlar. Politsiyaning ma'lum qilishicha, 25 kishi voqea joyida, yana 2 kishi shifoxonada jon bergan. 

Efiopiya shaxsiy avtotransport soni bo‘yicha dunyodagi eng past ko‘rsatkichlarga ega. Biroq bu holat mamlakatni ko‘plab yo‘l-transport hodisalaridan saqlamaydi. Aksariyat avtohalokatlar yo‘llarning yomonligi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik sababli yuz beradi. Ta'kidlanishicha, joriy yilda mamlakat yo‘llarida 5 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. 

Foto: Twitter /fanatelevision
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid