Jahon | 20:16 / 31.12.2019
4365
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvining birinchi qismini imzolashini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvining birinchi qismi 15 yanvar kuni Oq uyda imzolanishini ma'lum qildi.
"15 yanvar kuni Xitoy bilan savdo kelishuvimizning yirik va yalpi birinchi qismini imzolayman. Marosim Oq uyda bo‘lib o‘tadi. U yerda Xitoyning yuqori martabali vakillari bo‘ladi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Trampning yozishicha, keyinroq u kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun Pekinga yo‘l oladi.
Xitoy va AQSh 13 dekabr kuni savdo kelishuvining birinchi qismi bo‘yicha kelishib olganini ma'lum qilingandi. Uning doirasida tomonlar bir-biriga nisbatan yangi bojlar joriy etmaslikka kelishib olgandi.
Mavzuga oid
09:50
RF AQSh saylovlariga ta’sir qilish uchun ko‘plab SI-kontentni ishlab chiqqani aytildi
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
20:21 / 23.09.2024
Tramp saylovda yutqazsa, yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini aytdi
11:30 / 23.09.2024