Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada kuchli suv toshqinlari yuz berdi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yuz bergan suv toshqinlari to‘qqiz kishining o‘limiga olib keldi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy agentligi matbuot kotibi Agus Vibovoning ma'lum qilishicha, kamida 90ta tumanda tinimsiz ravishda kuchli yomg‘ir yog‘moqda, ko‘plab daryolar o‘zanidan chiqib ketgan.
PLN davlat elektr ta'minoti kompaniyasi suv toshqinlaridan jabrlangan 724ta tumanda elektrni vaqtinchalik o‘chirgan.
Frans Press agentligining xabariga ko‘ra, 13 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan.
Jamoat transporti faoliyati izdan chiqqan, ayrim temiryo‘llar qatnovi to‘xtatilgan. Halim Perdanakusuma nomidagi aeroport ham yopilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
09:15 / 04.05.2026
“Amallab chorvalarni olib chiqib ketdik” – sel kelgan Rapqondan reportaj
18:30 / 05.04.2026
Mahachqal’ada suv toshqini tufayli uch qavatli uy quladi
11:15 / 06.03.2026