Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Namanganga uchgan samolyot qo‘na olmay ortga qaytib keldi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Namanganga uchgan yo‘lovchi samolyoti qo‘na olmay ortga qaytib keldi. Bu haqda «Novosti Tashkenskogo Neba» manbasi xabar bergan.
HY-669 reysi bilan Toshkentdan Namanganga parvoz qilgan a-320-214 samolyoti noqulay ob-havo tufayli ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Sovuq havo, quyuq tuman, gorizontal ko‘rish imkoni 600 metrdan kam, vertikal ko‘rish imkoni 60 metrdan kam bo‘lgan holatda samolyot ekipaji Toshkentga qaytishga qaror qilgan.
Shuningdek, HY-669 Namangan-Novosibirsk va HY-670 Novosibirsk-Namangan-Toshkent reyslari ham noqulay ob-havo tufayli kechiktirilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 07.04.2026
Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
18:00 / 31.03.2026
Namangan viloyati salohiyati sun’iy intellekt asosida chuqur tahlil qilinadi
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
11:02 / 28.03.2026