Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha maktablarda «Yosh o‘qituvchilar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
2020 yilning 1 fevral kuniga qadar Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Yosh o‘qituvchilar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, “Yosh o‘qituvchilar klubi” o‘quvchilarning dars mashg‘ulotidan keyingi bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, pedagogika sohasiga qiziqqan o‘quvchi-yoshlarni maqsadli tarbiyalash, ularni seleksiya qilish, o‘qituvchilik kasbini sharaflash hamda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Klubga 8-11-sinfda tahsil olayotgan kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallamoqchi bo‘lgan (o‘zini yosh o‘qituvchi sifatida sinab ko‘rish istagidagi) o‘quvchilar a'zo bo‘lishi mumkin.
Klub a'zosi o‘zini yosh o‘qituvchi sifatida sinab ko‘rish uchun bitta fanni tanlaydi va umumiy o‘rta ta'lim maktabining o‘sha fan o‘qituvchisiga “Ustoz-shogird” an'anasiga muvofiq biriktiriladi. O‘zi tanlagan fani bo‘yicha biriktirilgan o‘qituvchi bilan shug‘ullanadi.
Shu bilan birga, klub a'zosiga haftada ikki kun (maxsus jadval asosida) dars mashg‘ulotlaridan so‘ng umumiy o‘rta ta'lim maktabining ajratilgan sinfxonasida o‘zi tanlagan fani bo‘yicha yosh o‘qituvchi sifatida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida (o‘zi bilganlarini tengdoshlariga o‘rgatgan holda) mashg‘ulotlar olib borish imkoniyati beriladi.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026