Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Indoneziyada dunyodagi eng yirik gulni aniqladilar
Olimlar Indoneziyada dunyodagi eng yirik gulni aniqladilar. Bu haqda G‘arbiy Sumatra tabiat resurslarini asrash markazi xabar bergan.
Gulning nomi raffleziya bo‘lib, uning diametri 122 santimetrni tashkil etadi va bu mutlaq rekord natijadir.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gul o‘zining "avvalgi raqobatchisi" o‘rnidan o‘sib chiqqan. Avvalgi yirik gulning diametri 112 santimetrni tashkil etgan.
Raffleziya bargga ega bo‘lmagan parazit o‘simlik sanaladi. U hayoti uchun zarur minerallarni so‘rg‘ich ildizlari orqali oladi.
2019 yilning fevral oyida Indoneziyada dunyodagi eng katta asalari ham topilgandi. U Yevropa oddiy asalarisidan to‘rt barobar katta bo‘lib, kam o‘rganilgan orollarda uchraydi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026