O‘zbekiston | 08:22 / 06.01.2020
27956
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat Sirdaryo viloyatiga aloqador yangi qaror qabul qiladi

Foto: Flickr

Sirdaryo viloyati aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam yanada takomillashtiriladi. Hukumatning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi.

2020-2022 yillarda Sirdaryo viloyati aholisi o‘rtasida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari bilan birgalikda:

viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish yuzasidan amaliy yordam berilishini ta'minlaydi;

markazlarning filiallari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari va viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga kasalliklar profilaktikasi va ularni barvaqt aniqlashda, shuningdek, tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda ko‘maklashadi;

markazlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslari va amaliyotlari, shuningdek, murakkab jarrohlik amaliyotlarini muntazam ravishda o‘tkazib boradi;

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda tizimli ravishda ixtisoslashtirilgan viloyat tibbiyot muassasalarining tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, klinik ordinatura, bazaviy doktoranturada tor mutaxassislik kadrlarini tayyorlash ishlarini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Qo‘chqorov) budjet mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishini ta'minlaydi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umrzoqov), Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev) bilan birgalikda aholi o‘rtasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash, profilaktik tibbiyot asoslarini amaliyotga joriy etishda homiylik mablag‘larini keng jalb qilish choralarini ko‘radilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid