Jahon | 09:12 / 07.01.2020
5525
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi teraktda 30 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Ben Curtis

Nigeriyaning shimolidagi portlashda 30 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, portlash 6 yanvarda Kamerun bilan chegaradagi Gamboru shahridagi ko‘prikda sodir etilgan.

Ayni vaqtda birorta terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.  

Hududda “Boko Harom” va IShID terrorchilik guruhlari faol harakat olib boradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid