O‘zbekiston | 08:54 / 07.01.2020
6885
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi jamoat fondi tashkil etiladi

Shon-sharaf muzeyi

Shon-sharaf muzeyini rivojlantirish jamoat fondi tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Moliya vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Shon-sharaf muzeyini rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar Fond mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilanadi:

pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;

Fondning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar bo‘yicha tushumlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Belgilanishicha, Fond mablag‘lari:

a) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazida ochiladigan hisob raqamda jamlanadi;

b) quyidagi maqsadlarga:

Shon-sharaf muzeyi uchun tarixiy eksponatlar, ashyolar va kolleksiyalar, urush qatnashchilarining orden-medallari, shaxsiy buyumlari hamda urush davri yodgorliklarini xarid qilish;

Shon-sharaf muzeyi ekspozitsiyalarini yaratish;

Shon-sharaf muzeyini joriy va kapital ta'mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, shuningdek madaniy-ma'rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun sarflanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid