O‘zbekiston | 11:58 / 09.01.2020
3121
2 daqiqa o‘qiladi

Kichik hajmli kemalarga doir huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshiriladi

Foto: nauticexpo.com

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi. Ular 26 martdan kuchga kiradi.

 Norma’ning yozishicha, quyidagilar uchun nazarda tutilgan ma'muriy javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan qaror qabul qilindi:

kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish (MJTKning 119-moddasi);

kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarganlik uchun (MJTKning 132-moddasi).

Ushbu toifalar bo‘yicha idoraviy mansubligi o‘zgarishi mumkin. FVVning Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari faqat ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, keyin esa ushbu bayonnoma ko‘rib chiqish uchun sudga yuboriladi.

 Kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorlar Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi. Guvohnomani olib qo‘yish tartibi FVV tomonidan belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid