O‘zbekiston | 14:32 / 11.01.2020
6533
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida yuqoriladi

Foto: 123RF

Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tashkiloti 2019 yil uchun «Global oziq-ovqat xavfsizligi» indeksi (GFSI) bo‘yicha hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, indeksdan 113ta mamlakat o‘rin oldi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, GFSI uchta asosiy toifa (komponent)dan tashkil topdi: oziq-ovqat mahsulotlarining maqbulligi va iste'moli; oziq ovqat mahsulotlarining mavjudligi va yetarliligi; oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligi darajasi.

Jahonning eng yaxshi mamlakatlari yuqori o‘ntalikda quyidagi o‘rinlarni egalladi:

Umuman olganda, 87 mamlakat o‘zining ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, 18 ta davlatda oziq-ovqat xavfsizligi darajasi pasaygan hamda 8 ta mamlakatda joriy holat o‘zgarishlarsiz qolgan.

O‘zbekiston 71-o‘rinni egallab, 2018 yilga nisbatan 9 pog‘onaga ko‘tarildi va o‘zining ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston (48-o‘rin) va Tojikiston (93-o‘rin) ham ushbu indeksda ko‘tarilgan.

GFSI’ning baholash metodologiyasi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda eng katta ijobiy o‘zgarishlar shaharlarning oziq-ovqat oqimini o‘zlashtirish qobiliyati, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga import tariflar kabi ko‘rsatkichlarda kuzatildi. Biroq, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘zgaruvchanligi, qishloq xo‘jaligini tadqiq qilish uchun sarflanadigan davlat xarajatlari va oziq-ovqatning o‘rtacha narxidagi o‘zgarishlar kabi ko‘rsatkichlarda ahamiyatsiz pasayish kuzatildi.

Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi tomonidan yuritiladi, avval DowDuPont tarkibiga kirgan Amerika kompaniyasi Corteva Agriscience tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Tadqiqot 2012 yildan beri olib borilmoqda va hozirgi vaqtda dunyoning turli mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligi holatining eng to‘liq to‘plamini aks ettiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid